Jamiyat

Bitta daraxt kesish 71 mln 250 ming soʻmga tushdi

Bitta daraxt kesish 71 mln 250 ming soʻmga tushdi

Samarqandda fuqaroga bitta daraxt kesish 71 mln 250 ming soʻmga tushdi.

Davlat inspektorlari olib borgan oʻrganishlarda fuqaro U.Z Toyloq tumanining Xoʻjayuz mahallasida ruxsatsiz sogʻlom 1 tup tut daraxtini kesib tashlagani aniqlandi.

Shu bois qonunbuzar MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarari va jarima uchun 71 250 000 soʻm toʻlashi belgilandi.