Jahon

Qirg‘izistonda KFC’ni boykot qilishga chaqirgan shaxslar hibsga olindi 

Qirg‘izistonda KFC’ni boykot qilishga chaqirgan shaxslar hibsga olindi 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi KFC tarmog‘ida norozilik aksiyasini o‘tkazgan 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, AKIpress xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarga ko‘ra, kecha, 20-oktyabr kuni bir guruh yigitlar KFC tarmog‘idagi restoranlardan biriga Falastin bayrog‘i tushirilgan plakat bilan bostirib kirib, atrofga qizil bo‘yoq sepgan. Xavfsizlik xodimlari bilan janjallashib, o‘z harakatlarini videoga olgan va bu holatni o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, uning doirasida bezorilarning shaxsi aniqlangan.

“Ichki ishlar organlari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan 1995-yilda tug‘ilgan K.A., 2000-yilda tug‘ilgan J.S., 2000-yilda tug‘ilgan K.B. va 1998-yilda tug‘ilgan T.I.lar Sverdlovsk tuman IIBga olib ketilgan”, deyiladi xabarda.