Jahon

Tramp Putinga “qaqshatqich zarba” bilan tahdid qilganini aytdi

Tramp Putinga “qaqshatqich zarba” bilan tahdid qilganini aytdi

Trampning soʻzlariga koʻra, agar Rossiya Ukrainaga qarshi harakatlaridan voz kechmasa, Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilgan. Biroq bu muloqot qachon va qanday sharoitda boʻlib oʻtganini ochiqlamagan.

Putin, uning versiyasiga koʻra, tahdidga “no way” (Boʻlishi mumkin emas) degan soʻzlar bilan javob bergan.

Sobiq prezident Donald Tramp The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ushbu suhbat haqida to’xtalib o’tgan.

“Vladimir, agar sen Ukrainani taʼqib qilishda davom etsang, senga shunchalik qattiq zarba beramanki, hatto ishonmaysan. Men senga Moskva markazida zarba yoʻllayman”. “Biz doʻstmiz. Men buni qilishni xohlamayman, lekin boshqa ilojim yoʻq”, deydi Tramp Putinga aytgan gapidan iqtibos keltirib.

Tramp bu muloqot qachon va qanday sharoitda boʻlib oʻtganini tushuntirmadi, biroq u va Putin oʻrtasida juda yaxshi munosabat boʻlganini va Rossiya prezidenti uning “telba feʼl-atvorini yaxshi bilishini” taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Tramp avval Zelenskiyni urushni oldini ololmaganlikda ayblagandi.