Harakat vakilining BBC’ga ma’lum qilishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan shunday qarorga kelingan.
HAMASning yangi rahbarligi uchun saylov 2025-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi. Ungacha esa besh kishidan iborat qo‘mita guruh boshqaruvini amalga oshiradi.
2024-yilning iyulida Isroil harbiy kuchlari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani va oktyabr oyida uning bu lavozimdagi vorisi Yahyo Sinvarni o‘ldirdi.
BBC’ning eslatishicha, HAMAS 2000-yillar boshida, harakat hammuassisi va rahbari Ahmad Yasin hamda uning vorisi Abdul Aziz Rantisi bir oy ichida o‘ldirilganida ham guruh rahbarining ismini oshkor etmagan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!