Avvalgi prokuror Maʼrufxon Xoʻjayev 2024-yilning iyulida “Hududgaztaʼminot”AJ boshqaruv raisi lavozimini egallagandi.
Murodullo Abduhakimov 1981-yilda Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida tugʻilgan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar (2020-yildan buyon) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning avgust oyidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Maʼrufxon Xoʻjayev 2024-yilning iyulida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!