Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Natijada bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini sudga shikoyat qildi.
Ushbu ish joriy yilning 21-oktyabr kuni Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudida ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» ishida aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Taʼkidlanishicha, MIB «Dok-1 Maks»dan jabrlanganlarga sud tomonidan belgilangan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pullarini undirish harakatini davom ettirmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!