Ilm-fan, Yangiliklar

Toshkentda maktab oʻquvchisi IELTS dan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi

Toshkentda maktab oʻquvchisi IELTS dan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi

Toshkentda maktab oʻquvchisi IELTS dan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi.

Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Rustam Neʼmatov IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻqib tushunish (Reading) – 8.5

Tinglab tushunish (Listening) – 9

Gapirish (Speaking) – 7.5

Yozish (Writing) – 6.5

Avvalroq, andijonlik 4-sinf o’quvchisi IELTS dan 7 ball, 10-sinf o’quvchi qiz 8.5 ball va Toshkent viloyatidan maktab o’quvchisi 8 ballni qo’lga kiritgan edi.