Qonunchilikda elektoratning 33 foizi jarayonlarda ishtirok etsa, saylov oʻtgan deb topiladi. Hozirda saylovdagi davomat 47,6 foizga yetdi.
Oʻzbekistonda saylov oʻtgan deb hisoblandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi maʼlum qildi.
Oʻzbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 13:00 holatiga koʻra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Koʻchqorovning maʼlum qilishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, jarayon oʻtgan deb topiladi.
Shu sabab, bugungi deputatlik saylovlari oʻtgan deb hisoblandi.
Soat 11:00 holatiga koʻra esa qariyb 30 foiz saylovchilar ovoz bergandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!