Yevropa Ittifoqi Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun 31 mln evro ajratilishini e’lon qildi.
Mablagʻlar tibbiy xizmat sifatini oshirish va davolanish imkoniyatlarini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.
Jami summaning 16 mln evrosi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga (JSST), 15 mln yevrosi esa BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasiga (YuNFPA) oʻtkaziladi. Moliyalashtirish sogʻliqni saqlashning muhim muammolarini, jumladan, kasallikning oldini olish va davolash, shuningdek, ginekologiya, onalik, neonatal va bolalar va oʻsmirlar xizmatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqi vakillari ushbu chora-tadbirlar, ayniqsa, ona va bola salomatligini yaxshilash, shuningdek, borish qiyin boʻlgan hududlar aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatishni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlar nuqtai nazaridan muhimligini ta’kidladilar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!