Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bermoqda.
26-oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Erondagi harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirdi. Hujum obyektlari sifatida harbiy bo‘limlar va qurol-yarog‘ omborlari tanlangan. Eron Isroilning hujumi oqibatida o‘z obyektlariga qisman zarar yetganini ma’lum qildi.
Bundan avvalroq, 1-oktyabr kuni Eron harbiylari Isroilga 200 ga yaqin ballistik raketa uchirgandi. Bu hujum HAMAS, “Hizbulloh” va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbariyatidagi asosiy shaxslarning o‘ldirilishiga javoban uyushtirilgani ma’lum qilingan.