Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi sanoat zonasida “Universal filter” brendi ostidagi mahalliy mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.
Bu yerda transportlar uchun havo va moy filtrlari, metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoati korxonalari uchun buyumlar – jami 600 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Davlat rahbari bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlar bilan tanishdi.
Korxona mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Ozarbayjonga ham joʻnatilmoqda. Joriy yil yakuni boʻyicha eksport hajmi 1 million dollarga yetishi kutilmoqda. Kelgusida bu geografiyani va miqdorni oshirish maqsad qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!