RF prezidenti “Valday” xalqaro munozara klubida nutq soʻzladi. U Rossiyaning xalqaro maydondagi o‘rni va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida bayonot berdi.
Jumladan, Rossiya oʻzini va fuqarolarini himoya qiladi, hech kimda illyuziya boʻlmasligi kerakligi, Rossiya Ukraina boʻyicha reallik va avvalroq Istanbulda erishilgan kelishuvlarga asoslanib, tinchlik muzokaralariga tayyorligi hamda NATO siyosiy ittifoqdan harbiy ittifoqqa aylangani ta’kidlandi.
Shuningdek, AQSH Sharqiy Osiyoda bloklar yaratayotgani va NATO u yerga aralashayotgani qayd etildi.
NATOning sharqqa tomon kengayishi Rossiyani yoʻq qilishga qaratilgan sudraluvchi intervensiyadek koʻrina boshladi. NATO davlatlari Rossiyani majburlab, Ukraina mojarosi boshlanishi bilan istaganiga erishdi, Ukraina ruslarga qarshi kurashda vosita sifatida foydalanilmoqda, deyiladi bayonotda.
Putin AQSH prezidentligiga saylangan Tramp haqida ham to‘xtaldi.
«Birinchi prezidentlik davrida Tramp har tomondan taʼqibga uchradi va uning suiqasd paytidagi xatti-harakati taassurot uygʻotdi, u gʻayrioddiy sharoitlarda oʻzini juda jasur koʻrsatdi» – dedi u.
Rossiya Xitoy bilan hamkorligi borasida ikki davlatning doʻst ekani va XXR Sharqiy Osiyoda agressiv siyosat olib borayotganiga ishonmasligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbari Rossiya AQSHning Osiyo mintaqasida mashgʻulotlar oʻtkazishiga javoban Xitoy bilan mashgʻulotlar oʻtkazishni boshlagani hamda KXDR bilan qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishi mumkinligini istisno etmadi.
Hindiston oʻnlab yillar davomida Rossiyaning tabiiy hamkori va ittifoqchisi boʻlib kelgani ham bayonotda keltirib o‘tilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!