Hodisa

O‘zbekistonlik bloger Antarktidada Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarini o‘rnatdi

O‘zbekistonlik bloger Antarktidada Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarini o‘rnatdi

O‘zbekistonlik bloger Abdurahmon Fozilov sayyoramizning eng sovuq qitʼasi — Antarktidani zabt etdi. U o‘z ekspeditsiyasi davomida mintaqa xalqlarining do‘stligi va birligi ramzi sifatida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining bayroqlarini o‘rnatdi.

O‘zbekistonlik bloger Antarktidaga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo davlatlarining bayroqlarini o‘rnatdi.

Kadrlarda bloger Abdurahmon Fozilov Antarktidaning qoq markaziga noyob sayohat qilganini ko‘rish mumkin. U o‘z ekspeditsiyasi davomida O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatdi.

Uning yonida qardosh xalqlarning do‘stligi ramzi sifatida qo‘shni davlatlar — Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bayroqlari ham hilpirab turibdi.