Jamiyat

Blogosferada qanday xatoliklar kuzatilmoqda?

Blogosferada qanday xatoliklar kuzatilmoqda?

O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati hamda «Madad» nodavlat tashkiloti tashabbusi bilan jurnalist, bloger va jamoat vakillarining axborot olish va uni tarqatishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini hurmat qilish madaniyatini yuksaltirishga oid o‘quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminar mustaqil jurnalistlar, blogerlar va jamoat vakillari o‘zlarining so‘z erkinligi hamda axborotni olish va tarqatish huquqlarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini hurmat qilish madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Blogosferada yo’l qo’yilayotgan jiddiy xato va kamchiklar, ma’lumot olish va yoritishda huquqiy savodxonlikning yetishmasligi masalalari muhokama qilindi. Bloger va jurnalistlar psixologiyasi: kasb etikasiga doir tavsiyalar mavzusida nutq so’zlagan Pedagogika va psixologiya fanlari doktori Mahmud Yo’ldoshev ishtirokchilarga zaruriy bilim va tajribalarni ulashdi.

«Oilaviy munosabatlar: ajrim va mojaroli holatlarni yoritishda keskin qaror chiqarish kerakmas. Ikki tomonni batafsil eshitib, so’ng yoritish maqsadga muvofiq bo’ladi» dedi professor suhbati davomida.

Tadbirda ishtirokchilar turli savol-javoblar qilishib, mavzu doirasida o’zaro fikr almashishdi.