Jamiyat

Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari uchramoqda

Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari uchramoqda

Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari uchramoqda.

Prezident madaniyatimizga xos boʻlmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini taʼkidladi. Bu masala shaxsan Prezident nazoratida boʻladi.

Shu bois, yaqinda, bolaning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr qimmatiga tajovuz qiladigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazishi mumkin boʻlgan barcha holatlarda davlat tomonidan tegishli huquqiy va ijtimoiy choralar koʻrilishi qonun bilan mustahkamlab qoʻyildi.

Prokuratura organlari zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni yanada kuchaytirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.