Xabarda qayd etilishicha, Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kVli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi.
Shu sababli 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar quyidagi hududlarda ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi:
-Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi,
-Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismi.
Tashkilot noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu davrda muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!