Bugun, 23-noyabr kuni Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi rejalashtirgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 10 ta ichki reyslar va 28 ta xalqaro reyslar mavjud bekor qilingan.
Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10% ga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilindi.
Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
“O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!