Shuhrat Xolmuhammedov bu vaqtga qadar mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq general-mayor Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
U muqaddam O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018-yil noyabrida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. Keyinroq favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2021-yil martida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. O‘sha vaqtda polkovnik bo‘lgan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi.
Shuhrat Xolmuhammedov 2016-yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Bundan oldinroq, 2019-yildan buyon mudofaa vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!