Iqtisod, Jamiyat

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Prezident qarori bilan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

➖2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 foizga;

➖2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yildan boshlab, madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar hamda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilishi haqida yaqinda prezident huzurida o‘tgan taqdimotda aytilgan edi.