Jamiyat

“Yashil makon”: Kogonda 1000 tup daraxt ko‘chatlari ekildi

“Yashil makon”: Kogonda 1000 tup daraxt ko‘chatlari ekildi

Loyiha doirasida Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan navbatdagi ko’kalamzorlashtirish tadbirida O’zbekiston ekologik partiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Zirabot” MFY hududida iqlimga mos 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ekilgan ko’chatlarning unib, o’sishi uchun uni parvarishlashga mas’ullar birkitildi.