Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida qariyb 6,5 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 foizga oshgan. Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston – 1 878,5 ming nafar, Qirg‘iziston – 1 870,3 ming nafar, Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar, Rossiya – 686,7 ming nafar, Turkmaniston – 145,0 ming nafar, Turkiya – 95,7 ming nafar, Xitoy – 57,7 ming nafar, Hindiston – 55,9 ming nafar, Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar, Italiya – 36,3 ming nafar, boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!