Hodisa

Hafta yakunida O‘zbekiston hududiga yanada sovuq havo massalari kirib keladi

Hafta yakunida O‘zbekiston hududiga yanada sovuq havo massalari kirib keladi
O‘zbekiston bo‘yicha 6-8-dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7-dekabr kuni ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, havo harorati kechalari asosan -3…+2, kunduz kunlari +2…+7, shimolda kechalari -3…-8, kunduz kunlari -2…+3 daraja bo‘ladi.

8 dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Havo harorati 8 dekabrda kechasi va kunduzi 0…-5, shimolda kechasi -5…-10, kunduzi -2…-7 darajani tashkil etadi. 8 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi jylarga tuman tushadi.

Poytaxtda: 6-7 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan -1…+1, kunduz kunlari +2…+5 daraja bo‘ladi.

8-dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2…-4 daraja bo‘ladi.

Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari -5…-10, (Toshkentda -6…-8), shimolda -13…-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.