Jamiyat

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari o‘tkazildi

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari o‘tkazildi

Joriy yilning 25-noyabrdan 10-dekabr kuniga qadar barcha taʼlim muassasalarida “Zo‘ravonlikdan holi maktab oyligi”, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda 254075 nafar pedagog, 10 406 nafar psixolog, 655 926 nafar ota-ona, 4 500 nafar huquq targ‘ibot organi xodimlari, 8 300 nafar mahalla vakillari, 3 277 000 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

Taqdimotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”, “Pedagoglar orasida hissiy emotsional charchoq va kasbiy stress profilaktikasi” haqida tavsiya va tushunchalar berildi.

Shuningdek, zo‘ravonlikka qarshi kurashish faqat zarar ko‘rganlar uchun emas, balki jamiyatning barqarorligi va sog‘lom taraqqiyoti uchun ham zarurligi tushuntirildi.