O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 16-dekabrda qabul qilingan «Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga (PQ-439-son) muvofiq, Surxondaryoda turizmni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilindi.
Yangi turistik markazlar
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
Jarqo‘rg‘on tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi;
“Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi.
Shuningdek, ushbu markazlarni rivojlantirish va boshqarish uchun Surxondaryo viloyatida davlat tashkiloti sifatida «Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi» tashkil etiladi.
Yer maydonlarining savdosi
Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali sotiladi.
2025–2027-yillar rejalar
Xususiy investisiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027 yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!