2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasining xalqaro yoʻnalishida olib borilgan ishlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ortiq muhim xalqaro hujjatlar imzolandi. Buning natijasida:
-xalqaro tashkilotlarining malaka oshirish markazlari hamda oliygohlarida oʻzbekistonlik oʻqituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi;
-xalqaro tanlovlarda mamlakatimiz oʻquvchi va oʻqituvchilari faol ishtirok etdi;
-Janubiy Koreya, AQSH, Ozarbayjon, Hindiston, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlar tomonidan texnik koʻmak yuklari, kompyuter oʻquv qurilmalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, inklyuziv ta’lim uskunalari va kitoblar grant tariqasida qabul qilib olindi;
– innovatsion taʼlim usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.
➖ 1200 nafardan ortiq tizim xodimlari va o’qituvchilar (550 nafardan ortiq malaka oshirish dasturlari bo’yicha) Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Koreya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Fransiya, Ummon davlatlariga xorijiy xizmat safarlari amalga oshirildi;
➖ 50 dan ortiq xalqaro darajadagi nufuzli forum, simpozium, anjuman, davra suhbati, maʼruza hamda seminarlar oʻtkazildi. Unda 500 nafardan ortiq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.
➖ Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan 20 ta ikki va koʻp tomonlama xalqaro hujjatlar imzolandi.
➖ YUNESKO, YUNISEF, Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki, Koreya EkZim Banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, KOYKA, Djayka, TURKSOY, AySESKO, OPEK jamgʻarmasi, OBSE, YUSAID, Amerika Kengashi, Britaniya Kengashi, Koreya taʼlim markazi, Striling jamgʻarmasi, AQSH Mehribonlik korpusi va boshqa xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari bilan 200 tadan ortiq yuqori darajadagi uchrashuvlar oʻtkazildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!