Viloyat hokimi Murotjon Azimov va nuroniylar universitetda boshlangan qurilish ishlari bilan tanishib, yangi bino poydevoriga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Universitetning loyiha qiymati 170 milliard so‘mni tashkil qilib, unda bir vaqtning o‘zida 5 ming nafar, 2 smenada esa 10 ming nafar talabaga bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida bilim beriladi. Universitetda IT texnologiyalari bo‘yicha rezidensiya ochilgan bo‘lib, unda xalqaro sertifikatlar beriladi. Hozirda universitetda “Dual ta’lim” yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kommunal yo‘nalishda talabalar o‘qishni bitirganidan so‘ng ish bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, universitetning ikkinchi loyihasi bo‘lgan “SURXON PLAS DECOR” MCHJ qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasiga 20 million dollardan ziyod investitsiya mablag‘i kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, 20 turdan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Ushbu korxonada Xalqaro innovatsion universitetda yo‘lga qo‘yilgan “Dual ta’lim” bo‘yicha talabalar to‘liq bilim mahoratlarini oshirib boradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!