2025-yil uchun davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan mamlakatda jamoat transportining ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazilishini tezlashtirish rejalashtirilmoqda.
TIA ishlab chiqilmoqda
Xususan, Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ni ishlab chiqish taklif etilmoqda.
Loyiha xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 2025-yilning sentyabrigacha amalga oshirilishi kerak.
Qoʻshimcha elektrobus
Bundan tashqari, joriy yilda poytaxt jamoat transporti uchun 200 ta elektrobus hamda ular uchun quvvatlash uskunalari olib kelinadi.
Nukus va Namangan shaharlarining har biriga 50tadan, Samarqand shahriga esa 250ta elektrobus olib kelish, quvvatlash uskunalarini xarid qilishni nazarda tutuvchi loyihalarning TIAni ishlab chiqish belgilanmoqda. Loyiha joriy yilning avgustigacha tayyorlanadi.
Shuningdek, noyabrgacha “Urganch—Xiva” yo‘nalishiga yangi 10ta trolleybuslarni xarid qilish choralari ko‘riladi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida tramvay harakati 2016-yil may oyi boshida to‘xtatilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!