Jahon, Jamiyat

Bu yil Ramazon oyi qachon boshlanadi?

Bu yil Ramazon oyi qachon boshlanadi?

Jahon bo‘ylab musulmonlar tomonidan intiqib kutiladigan muqaddas Ramazon oyining 2025-yildagi birinchi kuni 1-mart, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi astronomik hisob-kitoblar asosida taxmin qilinmoqda.

Islom taqvimi bo‘yicha 1446-yil Shabon oyining 29-kuni 2025-yil 28-fevralga to‘g‘ri keladi. Odatda, Ramazon oyining kirishi oyning yangi yarim oy fazasini ko‘rish bilan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan, ko‘plab islom mamlakatlari, jumladan, Saudiya Arabistoni va Misr, astronomik kuzatuvlar yordamida oyni rasmiy kuzatadi.

2025-yilda Qohira osmonida yarim oy taxminan 37 daqiqa, Makka shahrida esa 33 daqiqa davomida ko‘rinadi. Ramazon oyida kunduzgi ro‘za davomiyligi har bir mamlakatning geografik joylashuviga qarab turlicha bo‘ladi.

Astronomik prognozlar oxirgi tasdiqlovchi omil emas. Ramazon oyining kirishi haqida rasmiy qaror har doim mahalliy diniy idoralar va muftiylar tomonidan oyni kuzatish natijalariga ko‘ra e’lon qilinadi.