Jamiyat

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmatida yangilik:

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmatida yangilik:

Prezident suratlariga qo‘yiladigan logolardan voz kechildi.

Prezident Matbuot xizmati Davlat rahbari faoliyatiga oid suratlarda o‘zining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati» nomi ostidagi logotipini muhrlashni to‘xtatdi.

Bungacha ushbu logotip Davlat rahbarining suratlarida doimiy ravishda aks etar edi.

Bu logolar aslida sobiq matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov davrida amaliyotga kiritilgan.

Odatda jahon amaliyotida bunday suratlar xalq mulki hisoblangani uchun unga hech qanday belgilar ishlatilmaydi. Nima uchundir bizda byudjetdan haq olib, xalq uchun ishlashi kerak bo‘lgan amaldorlar shu vaqtgacha davlat rahbari suratlariga ham egalik qilishgan va uni maxsus belgi bilan muhrlab monopollashtirib olishgan edi.

Keyinchalik bu noto‘g‘ri amaliyotni O‘zbekistoning boshqa davlat tashkilotlari, hokimlik va vazirliklar ham qo‘llay boshlagan.

O‘ylaymizki, endi ular ham bu muhrlardan birin-ketin voz kechishadi. Agar shu xalq uchun ishlayotan bo‘lsa.