Jahon, Jamiyat

Navro‘z qo‘shni respublikalar bilan birgalikda nishonlanadi

Navro‘z qo‘shni respublikalar bilan birgalikda nishonlanadi

Kecha, 13-mart kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Qirgʻiziston va Tojikiston rahbarlari oʻrtasidagi muzokaralar chogʻida Sadir Japarov Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston Navroʻz bayramini birgalikda nishonlashini maʼlum qildi.

Prezident xalqlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash muhimligini qoʻshimcha qilar ekan, bunda qoʻshma madaniy tadbirlar alohida oʻrin tutishini urgʻulagan.

“Shu oʻrinda 31-mart kuni Xoʻjand shahrida nishonlanadigan Navroʻz bayramining ahamiyatini alohida taʼkidlamoqchiman. Men taklif uchun minnatdorchilik bildiraman va ishtirokimni tasdiqlayman. Ishonamanki, Navroʻz bayramini birgalikda nishonlash Markaziy Osiyo xalqlarining tinchligi va birligi ramzi boʻlgan yaxshi anʼanaga aylanadi”, degan Qirgʻiz Respublikasi rahbari.

Emomali Rahmon ham, oʻz navbatida, Sadir Japarovga Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlarining Xoʻjandda boʻlib oʻtadigan uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.