Jahon, Yangiliklar

Isroil Suriya prezidenti qarorgohi yaqiniga hujum qildi

Isroil Suriya prezidenti qarorgohi yaqiniga hujum qildi

Isroil Suriya prezident Ahmad ash-Shar’a saroyi yaqiniga zarba berdi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Katsga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Isroil mudofaa armiyasi aviahujumda qiruvchi samolyotlardan foydalanilganini ma’lum qildi. 30-aprel kuni Suriya hukumat kuchlarining qurolli otryadlari va druzlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Mojaro Damashq janubida asosan druzlar yashaydigan Sahnaya shahrida yuz berdi.

Suriyadagi druzlar jamoasining uchta diniy rahbarlaridan biri bo‘lgan Hikmat al-Hijriy druzlarni himoya qilish uchun zudlik bilan xalqaro kuchlarni jalb qilishga chaqirdi. Al-Hijriyning so‘zlariga ko‘ra, Sahnay va Jaramanda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlardan so‘ng druzlar jamoasi Damashqdagi hukumatga ishonchini yo‘qotga. Shu bilan birga, Suriya hukumati xavfsizlik kuchlari tartib o‘rnatish uchun yuborilganini ta’kidladi.