Madaniyat

CITES konvensiyasining 50 yilligi ilk bor Markaziy Osiyoda nishonlanadi

CITES konvensiyasining 50 yilligi ilk bor Markaziy Osiyoda nishonlanadi

Yovvoyi hayvon va o‘simliklar savdosini tartibga soluvchi yagona ko‘p tomonlama xalqaro bitim — CITES (Convention on International Trade in Endangered Species) bu yil o‘zining 50 yilligini nishonlaydi.

Mazkur yubiley ilk bor Markaziy Osiyoda, ya’ni 2025-yil 24-noyabrdan 5-dekabrgacha Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida CITES COP20 anjumani ham o‘tkaziladi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan mutaxassislar, ekologlar va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.

Anjumanga ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola orqali amalga oshiriladi: https://cites.org/eng/cop20#registration