Samarqand shahrida patrul-post xizmati (PPX) inspektori xizmatdagi Nexia-3 avtomobilida yo‘l-transport hodisasi sodir qildi.
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Xizmat mashinasi Damas avtomobilining orqa tomoniga urilgan, natijada Damas oldinda turgan boshqa Damas va Lacetti avtomobillariga ham to‘qnashgan.
YTH oqibatida PPX inspektori va Damas haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning hayoti xavf ostida emas.
Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!