Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Sh.B.F” MCHJ faoliyatini tekshirdi.
Aniqlanishicha, korxona ekologik ekspertiza xulosasisiz ishlagan va kon chegarasidan tashqarida noqonuniy qazish ishlari olib borgan. Natijada tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, korxona “Yashil makon” dasturi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish talablarini bajarmagan, chiqindilarni esa belgilangan joylarga tashlamasdan atrof-muhitni ifloslantirib kelgan. Bu uchun 7,7 milliard so‘m kompensatsiya to‘lovi hisoblangan.
Holat bo‘yicha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!