Madaniyat

CNN Travel o‘zbek nonini dunyodagi eng sara non turlaridan biri deb e’tirof etdi

CNN Travel o‘zbek nonini dunyodagi eng sara non turlaridan biri deb e’tirof etdi

Sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan CNN Travel portali dunyodagi eng sara 50 ta non turining ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatda o‘zbek noni ham munosib o‘rin oldi.

Nashr ta’kidlaganidek, naqshlar, bezaklar va shtamplar bilan bezatilgan o‘zbek nonlari an’anaviy tandirlarda tayyorlanadi. Har bir non turi o‘z hududiga xos uslubda pishiriladi — Toshkentning yumshoq nonlaridan tortib Samarqandning patir nonlarigacha.

“Nonlar tandirdan olinishi bilanoq, bozor va choyxonalarga issiq holda yetkaziladi”, — deya yozadi CNN Travel.