Jamiyat

Toshkent shahrida chiyabo’ri ushlandi

Toshkent shahrida chiyabo’ri ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Darxon mahallasida yovvoyi chiyabo‘ri yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, fuqarolardan ham shu mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarni o‘rganish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh tuzildi.

Natijada chiyabo‘ri 25-oktabr kuni kechqurun ushlanib, vaqtincha karantinda saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.