Iqtisodiyot va moliya vazirligining O‘zAga ma’lum qilishicha, 2024-yilning 1-yanvardan boshlab, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kv.m uchun o‘rnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinmoqda.
Toshkent shahri uchun – 3 mln so‘m (amalda 2,5 mln so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2 mln so‘m (amalda 1,5 mln so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 mln so‘m (amalda 1 mln so‘m).
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!