Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashining qaroriga asosan poytaxtning 5 ta tuman sudiga yangi sudyalar tayinlangan:
— Xaitova Adiba G‘ofurovna – fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga;
— Hakimov Azimjon Egamberdiyevich – Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi lavozimiga;
— Rozimov Shohabbaz Xudayberganovich – Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi lavozimiga;
— Turg‘unov Alisher Abror o‘g‘li — jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi lavozimiga;
— Xojimurodov Jasur Jahongirovich – Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi lavozimiga.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!