Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik hamkasblarini Rojdestvo va Yangi yil bilan tabrikladi. Davlat rahbarlarining roʻyxati Kreml saytida eʼlon qilingan.
Ular orasida Rossiya prezidentining MDH, Xitoy, Vengriya, Hindiston, Janubiy Afrika, Braziliya, Turkiya, Suriya, Serbiya, Vetnam, Laos va Boliviyadagi hamkasblari bor. Putin alohida-alohida Rim papasi Fransiskni, shuningdek, sobiq hamkasblari Gerxard Shreder, Nikolya Sarkozi, Nursulton Nazarboyev, Robert Kocharyan va Serj Sarkisyanni tabrikladi.
AQSh va Yevropa davlatlari rahbarlari Putindan tabrik ololmadi. Xususan, ikkinchi yildirki, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar rahbarlari tabriklarsiz qolmoqda.
Shuningdek, roʻyxatga xalqaro tashkilotlar va yetakchi sport federatsiyalari rahbarlarining hech biri kiritilmagan. Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel 2022-yilda ro‘yxatdan yo‘qolgan, 2023-yilda esa Putin yana unga tabrik yo‘llamagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!