Jahon

Mo‘g‘ulistonda 28-iyun kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Mo‘g‘ulistonda 28-iyun kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Mo‘g‘ulistonda parlament saylovlari 2024-yil 28-iyunda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Kazinform MONSAMEga tayanib.

Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xuruli o‘zining yalpi majlisida navbatdagi parlament saylovlarini 2024 yilda o‘tkazish sanasini belgilash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqdi.

Loyihani muhokama qilish uchun parlamentdagi Demokratik partiya fraksiyasi tomonidan berilgan tanaffus muddati tugaganligi sababli ovoz berish o‘tkazilib, uning yakunida qaror loyihasi ma’qullandi.

Qarorga ko‘ra, navbatdagi parlament saylovi 2024 yil 28 iyunda bo‘lib o‘tadi.