“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad 2023-yilning 28 dekar kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgan edi.
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ham ushbu maʼlumotni tasdiqladi.
“Haqiqatdan ham 2023-yilning 28-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 1974-y.t. Tursunov Alisher Axmadovich (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) Turkiya politsiyasi tomonidan oʻzi yashab turgan uyidan olib ketilganligini va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!