Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Z. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Qashqadaryo daryosi” oʻzanidan davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan hudud hisoblangan yer maydonidan “Howo” va “Shantui” rusumli texnikalar yordamida 1,6 ming kub hajmdagi qum shagʻal aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 969 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!