Sayxunobod tumani hokimi Anvar Karimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bugunga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelgan Mullajanov Komiljon Xusan oʻgʻli tumanga hokim etib tayinlandi.
Komiljon Mullajanov 1990-yilda Sayxunobod tumanida tugʻilgan. 2012-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2017-yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U faoliyati davomida “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki bosh mutaxassisi, boʻlimi boshligʻi, bankning Sirdaryo mintaqaviy filiali boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!