Xorazm viloyatining Xonqa tumanida maktab oʻqituvchisi dars vaqtida oʻquvchi qizni kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, Xonqa tumanidagi 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich oʻqituvchisi M.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024-yil 1-martdan boshlab bekor qilindi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv natijasida M.A. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) asosida javobgarlikka tortilib, tegishli jarimaga solindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!