Jahon

G’azoda 14 ming bola Isroil agressiyasi qurboni bo’ldi

G’azoda 14 ming bola Isroil agressiyasi qurboni bo’ldi

Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlaridan jabrlanganlarning 72 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi.
Isroil armiyasining G’azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etgan zarbalari natijasida 14 ming falastinlik bola va 9220 ayol halok bo’ldi. Bu haqda G‘azo sektori hukumati bayonotida aytiladi.

Bayonotga ko‘ra, Isroil harbiylari 2807 ta qirg‘in sodir etgan.

Xabar qilinishicha, 7 ming kishi vayronalar ostida qolib, bedarak yo‘qolgan. O’lganlarning umumiy soni bugungi kunga kelib 31 819 kishini tashkil etdi, 73 934 kishi jarohat oldi.

Shuningdek, Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlaridan jabrlanganlarning 72 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi. 27 bola to’yib ovqatlanmaslik va suvsizlanish tufayli vafot etdi. Isroilning insonparvarlik yordamining eksklavga kirishini bloklashi oziq-ovqat va suv tanqisligi va insonparvarlik falokatiga sabab bo’ldi.

Ma’lum bo’lishicha, 7-oktabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektorida 70 ming tonna portlovchi moddadan foydalangan.

Isroil hujumlarida 364 tibbiyot xodimi, 48 fuqarolik mudofaasi xodimi va 135 jurnalist halok bo’ldi. G’azo sektoridagi 17 ming bola yetim qoldi. Tibbiy yordam va dori-darmon yetishmasligi tufayli 60 ming homilador ayol va 350 ming nafar surunkali kasallikka chalingan kishi xavf ostida.

Isroil askarlari 269 tibbiyot xodimi va 10 jurnalistni hibsga oldi. G’azoning 2-3 millionlik aholisidan 2 million kishi uyini tashlab ketishga majbur bo’ldi, deyiladi bayonotda.

70 mingta uy butunlay vayron bo’lgan, yana 290 mingtasi vayron bo’lgan va yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Isroil armiyasi 168 ta davlat muassasasi, 100 ta maktab va universitetni vayron qildi, 305 ta maktab va universitetga qisman zarar yetkazildi. 290 ta masjid zarar ko’rgan, 224 ta masjid va 3 ta cherkov vayron bo’lgan.

Isroil armiyasi 155 ta tibbiyot muassasasini nishonga olib, 53 ta tibbiyot markazi, 32 ta kasalxona va 126 ta tez tibbiy yordam mashinasini ishdan chiqardi.

Shuningdek, Isroil G‘azo sektoridagi 200 ta tarixiy va madaniy obidalarni vayron qilib, Falastin madaniy merosiga jiddiy zarar yetkazdi.