Jahon

Rossiya fuqaroligini olgan migrantlar harbiy ro‘yxatga qo’yildi

Rossiya fuqaroligini olgan migrantlar harbiy ro‘yxatga qo’yildi
xr:d:DAGAtCs9D_s:685,j:1063274438751273609,t:24041507

2024-yilning birinchi choragida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mamlakat fuqaroligini olgan, ammo harbiy xizmatda ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarni aniqlash maqsadida reydlar o‘tkazildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil boshidan buyon Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan reydlar davomida ushbu toifadagi 1340 nafardan ortiq shaxs aniqlangan, ularga zudlik bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi harbiy komissarlikka chaqiruv qog‘ozi berilgan.

“Jami bo’lib Rossiya fuqaroligini olgan 920 dan ortiq kishini ro‘yxatga olishga muvaffaq bo‘ldik, ularning 130 dan ko’pi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari safiga chaqiruv va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga jo‘nab ketgan”, deydi nashr Tergov qo‘mitasiga tayanib.

Bu kabi reydlar Yekaterinburg, Nijniy Tagil, Pervouralsk, Bogdanovich va Suxoy Log shaharlarida mehnat muhojirlari ommaviy to‘planadigan joylarda – oziq-ovqat bozorlari, ulgurji sabzavot omborlari, yotoqxonalarda o‘tkazilgan.

Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi reyddan keyin 800 dan ortiq noqonuniy migrantlar deportatsiya qilingani haqida xabar bergan.