Xorijlik talabalarga hujum qilganlar jazolanadi.
Qirg‘iziston prezidenti xorijiy talabalarga hujum qilgan qirg‘izistonlik yoshlarni keskin qoraladi.
Japarov ularni «internetdagi yolg‘on provokatsiyalarga ishonib, mehmondo‘st qirg‘iz xalqining obro‘yiga putr yetkazishda» aybladi.
«Biz huquqiy davlat qurdik. Endi tartib o‘rnatamiz. Tartibsiz hech bir davlat rivojlana olmaydi. «O‘zini o‘zi sud qilishni» — qabul qilib bo‘lmaydi. Jazo uchun sud bor», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Qirg‘iziston IIV xabariga ko‘ra, 18-may kuni sodir bo‘lgan, va o‘nlab xorijlik talabalar jarohatlangan tartibsizliklarda qirg‘izistonlik yoshlarning o‘zi aybdor bo‘lgan. Bir necha kishi hibsga olingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!