Norvegiya Ukrainada davom etayotgan urush sababli Rossiyalik sayyohlar uchun mamlakatga kirishni butunlay cheklab qo’ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya bilan Arktikada deyarli 200 kmlik chegara hududiga ega bo’lgan, NATO a’zosi hisoblanadigan Norvegiya birinchi marta 2022-yilda Rossiya sayyohlik vizalariga cheklovlar joriy etgan. Bu safargi cheklov joriy yilning 29-maydan kuchga kiradi.
Adliya vaziri Emili Melning so’zlariga ko’ra, kirish qoidalarini kuchaytirish to’g’risidagi qaror Norvegiyaning, Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy bosqinchilik urushiga qarshi ittifoqdosh va hamkorlar tarfdori bo’lish yondashuviga mos keladi.
Ma’lum qilinishicha, maqsadlari turizm va boshqa zarur bo’lmagan sayohatlar bo’lgani Rossiya fuqarolarining tashqi chegara orqali kirishda rad etilib , tashrif buyurish kabi holatlarda istisnolar berilishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, kuni kecha, 22-may kuni Norvegiya Falastin mustaqilligini rasman tan oldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!