Hozir barcha holatlarni aniqlash va gumondorlarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kortejining Turkiston viloyatidagi yo‘nalishini tekshirish chog‘ida Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘q otish qurollari ombori topildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni Turkiston viloyatiga xizmat safari bilan bordi. Prezident ta’lim, madaniyat, sport inshootlari va sanoat korxonalariga tashrif buyurishi, investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!