Qayd etilishicha, konsulxonaga 66 yoshli Ya.X. 15 yoshli nevarasi Ya.A.ni Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyidan O‘zbekistonga olib ketish yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilgan. U 2022-yildan buyon turli ma’muriy-huquqiy to‘siqlar sababli nabirasini O‘zbekistonga olib keta olmay, og‘ir sharoitga tushib qolgan, deyiladi xabarda.

2024-yilning sentabr oyida Turkiya sudi tomonidan X.Ya. nabirasini qaramog‘iga olish hamda O‘zbekistonga olib ketish huquqini beruvchi qaror chiqarilgan.

Biroq qaror kuchga kirgunga qadar bola bolalar uyidan qochgani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shuningdek, bolalar uyi ma’muriyatining taqdimnomasiga ko‘ra Adliya organi tomonidan buvisi Ya.X.ga nisbatan “nabirasini qochishini tashkillashtirgani” yuzasidan ayb e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, bosh konsulxona, Tashqi migratsiya agentligi vakillari, Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida yuqoridagi ayblovlarni rad etish hamda Ya.A.ni O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

 

Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni voyaga yetmagan farzandlarini xorijda nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.